Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

47 ta tibbiyot kolleji texnikum etib qayta tashkil etiladi. A’lochi bitiruvchilar OTMning ikkinchi bosqichiga qabul qilinadi

47 ta tibbiyot kolleji texnikum etib qayta tashkil etiladi. A’lochi bitiruvchilar OTMning ikkinchi bosqichiga qabul qilinadi

Foto: Yandeks

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Tibbiy-sanitariyasohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2019–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kollejlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ikki oy muddatda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Kompleks dastur ishlab chiqiladi:

  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish, amaliyot xonalarini belgilangan normativlarga asosan jihozlash, o‘quv-simulyasion auditoriyalarni tashkil etish;
  • valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, diyetologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini joriy etish hamda mazkur texnikumlarning o‘quv rejalari va fan dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish;
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarini:

- muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2 kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi;

- joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

a) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash (amaliyot) ishlari prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) bir vaqtning o‘zida ushbu oliy ta’lim muassasa klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanadi;

b) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida:

  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi;
  • klinik ordinaturasiga(rezidenturasiga) maqsadli qabul qilingan talabalarning bitiruv kursiniviloyat darajasidagitibbiyotmuassasalarida tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

v) hududlarning shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriatning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishgaqabul ko‘rsatkichlari doirasidagi maqsadli qabul parametrlari tuman (shahar)lar kesimida shakllantiriladi;

g) tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilariyashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’iy nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlaridako‘rsatilgan tuman (shahar)da kamida 5 yil ishlab berish majburiyati kiritiladi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Vazirlik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda tibbiyot kadrlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga maqsadli qabul parametrlarini 50 foizgacha oshirishni inobatga olishi belgilandi.

Yangi tartibga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

a) ta’lim bosqichidan qat’i nazar chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga (mutaxassislik fanlarni “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi;

b) xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingidagi tibbiyot yo‘nalishida birinchi 200 o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalarida:

  • klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan davlat tibbiyotmuassasalari xodimlarilavozim maoshiga mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining yetti baravariga teng miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama;
  • falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan mutaxassislarga davlat tibbiyot muassasalarida lavozim maoshiga mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining o‘n besh baravariga teng miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring