Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi qarori bilan Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u «O‘zbekneftgaz» raisligi vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahrom Ashrafxonov 2018-yilning sentyabrida «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. U kompaniyaning sobiq rahbari Alisher Sultonov o‘rnini egallagandi.

Bahrom Ashrafxonov (1969-y.t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (1993-yil) tamomlagan, 1993−1994-yillarda Kentukki universitetida (AQSh) tahsil olgan.

2007-yildan moliya vaziri o‘rinbosari — Moliya vazirligi G‘aznachiligi rahbari bo‘lib ishlagan. 2005−2007-yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2004−2005-yillarda — moliya vaziri o‘rinbosari, 2002−2004-yillarda — moliya vaziri o‘rinbosari, Moliya vazirligining Sug‘urta nazorati bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, 2000−2002-yillarda — mazkur inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 1998−2000-yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 1994−1998-yillarda — «AIG Trading Group»ning Markaziy Osiyodagi vakili bo‘lib ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring