Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» cheklovsiz yangi «UNLIM» internet tariflarini taqdim etdi

«O‘zbektelekom» cheklovsiz yangi «UNLIM» internet tariflarini taqdim etdi

Foto: «uztelecom.uz»

«O‘zbektelekom» AK bugun, 25-fevraldan boshlab, jismoniy shaxslar uchun «UNLIM» seriyasida yangi cheklovsiz tarif rejalarini taqdim etdi.

«Hali hech qachon cheklovsiz, kafolatlangan va yuqori tezlikka ega tarif rejalari bunchalik arzon va qulay bo‘lmagandi», deyiladi kompaniya xabarida.

Abonentlar 1-martdan boshlab quyidagi uchta: UNLIM 4, UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan biriga ulanishi mumkin. Yangi tariflar 25-fevraldan foydalanishga topshirilmoqda.

Tariflar nomidagi raqamlar taqdim etiladigan xizmatlar tezligi: mos ravishda 4, 10 va 20 Mbit/s. ekanini ko‘rsatadi. Bunda cheklanmagan trafik «gacha» qo‘shimchasisiz taqdim etiladi.

Faqat ushbu tariflarda texnologik cheklovlar mavjud. ADSL texnologiyasi bo‘yicha ulangan mijozlar 4 Mb/s. dan oshmagan tezlik va faqatgina mazkur seriyadagi UNLIM 4 tarif rejasiga ulana oladi.

VDSL yoki FTTx texnologiyalari bo‘yicha ulangan abonentlar UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan foydalana olishadi. Mazkur tariflarning yana bir afzalligi sifatida TAS-IX tarmog‘idagi resurslarga ulanish tezligi 40 Mbit/s.ni tashkil etishi qayd etilgan.

2019-yil 5-martdan boshlab, quyidagi tarif rejalariga o‘tish va yangidan ulanish to‘xtatiladi:

Jismoniy shaxslar uchun cheklanmagan tarif rejalari — TEZNET 3+, TEZNET 4+, TEZNET 6+, TEZNET 9+, TEZNET 12+, TEZNET 16+, TEZNET 20+.

Jismoniy shaxslar uchun tungi tarif rejalari — «Night Racer» va «Night Racer +».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring