Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zga sayyoralik josuslar bizni kuzatayotgani rostmi?

O‘zga sayyoralik josuslar bizni kuzatayotgani rostmi?

Foto: «Mirror News»

Quyosh tizimida kezib yurgan asteroidlardan o‘zga sayyoraliklar razvedka maqsadlarida foydalanayotgan bo‘lishlari mumkin, deyishmoqda olimlar. Bu haqda «Mirror News»  yozmoqda.

Bizga yaqin joylashgan fazoviy jismlardan o‘zga sayyoraliklar Yerni kuzatishda foydalanayotganlikda gumon qilinmoqda.

Amerikalik taniqli olimning aytishicha, «aqlli kelgindilar» fazoviy kengliklarda uchib yurgan kosmik toshlar (asteroidlar)dan taktik maqsadda joylashtirilgan robot zondlardan foydalanib, josuslik qilishlari mumkin.

«Oliy galaktik jamoalar» boshqa hayot shakllarini kuzatish va o‘rganish uchun yulduzlararo zondlardan foydalanishlari mumkinligi haqidagi g‘oyani birinchi marta 1960-yilda stenfordlik radiofizik Ronald Breysvell ilgari surgan edi.

Quyidagi suratdan ham ko‘rinib turibdiki, bu kosmik jismlar nafaqat Yerni, balki uzoq Quyoshni ham aylanib keladi, ularning nisbatan kichik o‘lchamli ekani nazarda tutilsa, bu juda shubhali...

Foto: «Mirror News»

Bizga eng yaqin, kichik «2016 HO3» asteroidi deyarli bir asr davomida Yerni aylanib yurgan va NASA tomonidan «Yerning doimiy hamkori» sifatida e’tirof etilgan. Asosiy «gumondor» aynan shu asteroid.

Xitoy 2022-yilda «2016 HO3»ga kosmik kema yuborib, undan namunalar olmoqchi. Ajabmas, o‘shanda bizni kuzatayotgan o‘zga sayyoralik «ko‘zlar» rostdan ham bor-yo‘qligini bilib olarmiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring