Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» shamolning kuchayishidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» shamolning kuchayishidan ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 22-27° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-27° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring