Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank bayrog‘i Akonkaguani zabt etdi

O‘zmilliybank bayrog‘i Akonkaguani zabt etdi

Shunday sport turlari borki, ular texnik tayyorgarlikdan tashqari, katta jismoniy kuch hamda barqarorlikni talab etadi. Xususan, baland tog‘larga ko‘tarilish va ko‘z ilg‘amas cho‘qqilarni zabt etish bo‘lgan alpinizm sport turi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ancha-muncha balandlikni pisand etmaydigan va katta marralarni kuch hamda ishtiyoq bilan ishg‘ol yetish hissi bu sportga havasmandlar uchun hayotiy motivatsiyadir.

Eng e’tiborlisi, "O‘zmilliybank" AJ xodimlari orasida boshqa sport turlari kabi aynan alpinizmga qiziqadigan va buni hayot tarziga aylantirgan hamkasblarimiz borligi jamoaning katta yutug‘i, deyish mumkin.

29 yanvar 2026 yil Bank xodimi Andrey Tarantin Janubiy Amerika va G‘arbiy yarim sharning eng baland tog‘i — Argentinaning Mendosa provinsiyasida joylashgan 6960,8 metrlik Akonkagua tog‘ining cho‘qqisiga ko‘tarildi va O‘zmilliybank bayrog‘ini tog‘ cho‘qqisining qoq markaziga o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zmilliybankning ko‘p yillik tajribaga ega xodimi Andrey 2021 yildan beri tog‘ trekkingi bilan faol shug‘ullanadi. Aslida, bu Andreyning ilk g‘alabasi emas. U bu yo‘nalishda Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi uch ming metrlik tog‘larga ko‘tarilishlar bilan bog‘liq tajribalarga ega. Qolaversa, Andrey 2023 yil may oyida Yevropaning eng baland nuqtasi bo‘lgan Rossiyadagi Elbrus tog‘ining 5642 metrlik cho‘qqisiga ko‘tarilgan. 2024 yil may oyida esa shu guruh tarkibida Avstraliya va Okeaniyaning eng baland vulqoni — Papua-Yangi Gvineya hududida joylashgan Giluve cho‘qqisi (4368 metr)ga ko‘tarilish ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 2025 yil 24 iyunida esa Andrey Kavkaz tog‘ tizimining eng baland nuqtalaridan biri — 5137 metrlik Ararat tog‘ini zabt etdi.

Akonkagua tog‘i — dunyodagi eng mashhur alpinistik tog‘ maskanlaridan biri bo‘lib, balandligi 6960,8 metrni tashkil etadi. Bu nafaqat Janubiy Amerikaning, balki butun G‘arbiy yarim sharning eng baland cho‘qqisidir. Akonkaguaga birinchi muvaffaqiyatli ko‘tarilish 1897 yilda shveysariyalik alpinist Mattias Surbriggen tomonidan amalga oshirilgan. Hozirda ko‘p alpinistlar va sayyohlar Akonkaguaga ko‘tarilishni o‘zlariga maqsad qilishgan.

Ma’lumot uchun, "O‘zmilliybank" AJ nafaqat sportning turli yo‘nalishlarini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, qator sport turnirlari, musobaqalarda ham faol ishtirok yetmoqda.

O‘zmilliybank jamoasi a’zosi Andrey Tarantinning bu muvaffaqiyati hamkasblarimiz qo‘lga kiritayotgan g‘alabaning davomi bo‘ldi. O‘zmilliybank esa har doim bu borada xodimlarimizning tashabbus va intilishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularga yuksak ishonch bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring