Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi

O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi

Foto: PFL matbuot xizmati

O‘zbekiston Professional futbol ligasiga 2017 yilning 10 oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Omon G‘ofurov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bu haqda PFL rasmiy saytida xabar berib o‘tdi.

«O‘tgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lida qo‘limizdan kelgancha ishladik. Mana shu davrda yelkama-yelka mehnat qilgan jamoamizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiraman. Mashaqqatli yo‘lda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilayman.

Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar ham bo‘ladi. Buning uchun mamlakat futboli jamoatchiligidan, futbol muxlislaridan uzr so‘rayman. O‘zbekiston futboli va uning muxlislari katta g‘alabalarga munosib. Hammasi uchun rahmat», — deb aytib o‘tdi Omon G‘ofurov o‘z arizasi haqida ma’lumot berib.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Omon Fayzullayevichning kelgusi faoliyatiga omadlar tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring