Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zstandart» oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan jurnalistlarga axborot berdi

«O‘zstandart» oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan jurnalistlarga axborot berdi

Foto:«Uzstandart.uz»

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi qay tarzda ta’minlanayotgani haqida jurnalistlarga axborot berdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan matbuot anjumanida agentlikning virtual qabulxonasi va hukumat portaliga iste’molchilardan bir qator shikoyatlar kelib tushganligi ta’kidlandi. Ularning ko‘pchiligi mahsulotlar sifati bilan bog‘liqdir.

Vazirlar Mahkamasiga oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qaror loyihasini ishlab chiqish ham tavsiya etilgan.

«O‘zstandart» agentligiga qarashli «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida joriy yil iyun oyida Toshkent shahri bozorlarida o‘tkazilgan nazorat xaridlariga ko‘ra, 20 turdagi mahsulotdan 13 tasining ko‘rsatkichi me’yor talablariga javob bermasligi aniqlandi. Masalan, uch turdagi pish­loqda yuqori darajadagi zichlik, yopishqoq konsistensiya va yoqimsiz hid borligi, besh turdagi quyultirilgan sut mahsuloti esa, oziq-ovqat xavfsizligi talablariga javob bermasligi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring