Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parkentdagi qurilishda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi

Parkentdagi qurilishda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani Zarkent qishlog‘i yozuvchilar uyushmasi ijod uyi oldida yangi qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ikkita kran yordamida montaj qilish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lumot berdi.

Avtokran bilan yuz bergan baxtsiz hodisaning asosiy omillaridan biri yukni bir nechta kranlar bilan ko‘tarish (sparennaya peremeщyenniye gruza) asosida amalga oshirilmaganligi sababli ro‘y bergan.

Avtokranining og‘ib ketishi oqibatida avtokran mashinisti tan jarohatlar olganligi sababli «Ko‘prikqurilish tresti» UK qarashli  «13-Ko‘prikqurilish otryadi» xodimlari tomonidan zudlik bilan Parkent tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Og‘ir jarohatlar olganligi sababli avtokranning mashinisti shifoxonada vafot etgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa Toshkent viloyati mehnat inspeksiyasi, mutaxassislari tomonidan maxsus tekshirish o‘tkaziladi va ularning xulosalari huquq targ‘ibot organlariga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring