Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Pastdarg‘om yirtqichi»: u yolg‘iz bo‘lmagan! (video)

«Pastdarg‘om yirtqichi»: u yolg‘iz bo‘lmagan! (video)

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi Kichik Naymancha mahallasi hududida tunda fuqarolarga tegishli bo‘lgan qo‘ylarni bo‘g‘izlayotgan yirtqich ushlangani haqida xabar bergandik.

Pastdarg‘om tumani hokimligidan «Xabar.uz»ga ma’lum qilishlariicha, yirtqich yolg‘iz harakat qilmagan. Bir nechta chiyabo‘ri guruh bo‘lib qo‘ylarga hujum qilgan.

Nihoyat, mahalliy ovchilar tomonidan Kichik Naymancha mahallasi hududida qo‘ylarni bo‘g‘izlagan uchta chiyabo‘ri o‘ldirildi.

«Xabar.uz»ga ovlangan ikki yirtqichning fotosi, birining videosi taqdim etildi.

Quyidagi videoda yirtqichlardan biri tasvirlangan. Uning rangi noodatiy – oqimtir-malla tusda. Boshqa chiyabo‘rilarga qaraganda ancha yirik. Katta ehtimol bilan qo‘ylarni bo‘g‘izlagan asosiy yirtqich shu chiyabo‘ri bo‘lgan. 

«Semizligini qara buni. Nechta qo‘yni uyini kuydirgan bu», deyiladi videoda.

«Xabar.uz» tahririyati saytda e’lon qilingan aholi murojaatiga tezda munosabat bildirgan va yuzaga kelgan noxush holatni bartaraf etishga bosh qo‘shgan mutasaddilarga minnatdorlik bildiradi.

Umid qilamiz, bundan keyin ham xushyorlik yo‘qotilmaydi va bu kabi xavotirli hodisalar yuzaga kelmasidanoq, oldi olinadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring