Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pastdarg‘omda 17 yoshli qizning murdasi topilgani holati bo‘yicha prokuratura bayonot berdi

Pastdarg‘omda 17 yoshli qizning murdasi topilgani holati bo‘yicha prokuratura bayonot berdi

Foto: «Kun.uz»

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Do‘stlik mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi anhordan 17 yosh qizning jasadi topilgani va uning yaqinlari qiz qotillik qurboni bo‘lganini bildirgandi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 11-may kuni Pastdarg‘om tumani, «Chandir» mahallasida yashovchi R.X. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan S.X. yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirib, uni topishga amaliy yordam so‘ragan.

Tuman prokuraturasi boshchiligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan zudlik bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 12 may kuni S.X.ning murdasi tumanning «Do‘stlik» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi «Eski Anhor» kanalidan topilgan.

S.X.ning bedarak yo‘qolib, o‘lik holatda topilganligini holati yuzasidan xizmat tekshiruvlari va sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, voqeani bevosita guvohi bo‘lgan yoki undan xabardor bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash va ulardan tushuntirish olish ishlari olib borilmoqda.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limi, suvga cho‘kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, S.X.ning qizlik pardasi butunligi, buzilmaganligi, qizlik pardasini buzmasdan turib jinsiy aloqa qilishning imkoni yo‘qligi, shuningdek, marhumaning jinsiy a’zolarida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda, holat bo‘yicha Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, – deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring