Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peshko‘ tumani hokimi o‘zgardi

Peshko‘ tumani hokimi o‘zgardi

Foto: «UzA»

Xalq deputatlari Peshko‘ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Qahhorov Vahob Hamidovich Peshko‘ tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshko‘ tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Avvalroq Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring