Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston xavfsizlik kuchlari 50 nafar jangarini yo‘q qildi

Pokiston xavfsizlik kuchlari 50 nafar jangarini yo‘q qildi

Pokiston xavfsizlik kuchlari Afg‘oniston bilan chegaradosh janubi-g‘arbiy Balujiston viloyatida “Tehrik-al-Tolibon Pokiston” guruhining 50 nafar jangarisini yo‘q qildi

Bu haqda Arab News gazetasi Pokiston qurolli kuchlari jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga tayanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 7-9 avgust kunlari xavfsizlik kuchlari Sambaz hududida 47 nafar jangarini yo‘q qilgan, 10 avgustga o‘tar kechasi esa Pokiston-Afg‘oniston chegarasida tozalash operatsiyasi o‘tkazilgan, uning davomida yana uch nafar jangari yo‘q qilingan. 

"Qurol, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar qo‘lga olindi. Xavfsizlik kuchlari milliy chegaralar xavfsizligini ta’minlash va Pokiston tinchligi, barqarorligi va taraqqiyotiga putur yetkazish urinishlariga to‘sqinlik qilish majburiyatini saqlab qolishda davom etadi", — deb yozadi gazeta rasmiylarga asoslanib. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring