Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshalik qiz yangi «Dunyo go‘zali»ga aylandi

Polshalik qiz yangi «Dunyo go‘zali»ga aylandi

Polshalik Karolina Belyavska yangi «Dunyo go‘zali»ga aylandi.

Qiz ayni damda menejment bo‘yicha magistraturada o‘qiydi. Kelajakda u nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, g‘olib ko‘ngilli bo‘lib ham faoliyat yuritadi, uysizlarga yordam beradi, model sifatida ishlaydi.

Ikkinchi o‘rinni AQSh vakili Shri Saini, uchinchi o‘rinni Kot-d`Ivuar fuqarosi Oliviya Yache egalladi.

Taqdirlash marosimi Puerto-Rikoda bo‘lib o‘tdi. Xalqaro go‘zallik tanlovida birinchi marta turli mamlakatlardan, jumladan Iroq va Somalidan jami 97 nafar qiz ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring