Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Izmirni zilziladan so‘ng suv bosdi (video)

Izmirni zilziladan so‘ng suv bosdi (video)

Foto: Skrinshot s video

Turkiyaning Izmir hududida yuz bergan zilziladan so‘ng Egey dengizida kichik sunami yuzaga kelib, dengizga yaqin hududlarni suv bosdi. Bu haqda Telegraf xabar berdi.

Videodan ko‘rish mumkinki, Egey dengizidan ko‘tarilgan suv Izmir ko‘chalarini egallagan. Toshqin o‘z yo‘lida duch kelgan narsalarni oqizgan. Bunday holat Seferlixisar shaharchasida ham kuzatilgan.

Suv bosgan hududlarda qisqa muddatli vahima ko‘tarilgan, biroq dengiz suvi tez orada ortga qaytgan. Faqat dengiz bo‘yi hududlari ko‘proq zarar ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring