Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malika», «Poytaxt» biznes majmuasi, «Beldirsoy» va «Chorvoq» dam olish maskanlari investorlarga sotiladi

«Malika», «Poytaxt» biznes majmuasi, «Beldirsoy» va «Chorvoq» dam olish maskanlari investorlarga sotiladi

Foto:«Xabar.uz»

Prezident o‘tkazayotgan selektorda ta’kidlanishicha, joriy yilda davlat ulushi mavjud korxonalar 3 baravarga qisqartiriladi. Bu haqda Xabar.uz tomonidan ma’lum qilindi.

Mart oyi yakuniga qadar «Poytaxt» biznes majmuasi, 46 gektar hududga ega «Beldirsoy» va  76 gektar maydonli «Chorvoq» dam olish maskani hamda poytaxt markazidagi 4 gektarli yirik savdo kompleksi («Malika») investorlarga sotilishi rejalashtirilgan. Davlat ulushi sotiladigan ob’yektlar soni 12 ta bo‘lishi kutilmoqda.

Aprel oyida «Kvars», «Jizzax plastmassa» va «Kafolat sug‘urta» kabi 18 ta korxonalardagi davlat ulushi sotiladi. Joriy yilning birinchi yarmiga qadar budjetga 1 trillion so‘m tushum bo‘lishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring