Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda kabobxona va tandirlar bo‘yicha tekshiruvlar boshlandi

Poytaxtda kabobxona va tandirlar bo‘yicha tekshiruvlar boshlandi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari hamda ekologiya sohasidagi vakolatli organlar hamkorligida Toshkent shahrida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda faoliyat yuritayotgan somsa, kabob, mangal va boshqa savdo nuqtalarida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Tekshiruvlar davomida chiqindilarni tozalash va tutunni zararsizlantirish bo‘yicha muhandislik yechimlariga ega bo‘lmagan holda piyodalar hududlari hamda turar-joy binolari yaqinida tandir, pech va mangallarni joylashtirgan ob’yektlar aniqlanmoqda. Qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq kelmaguncha bunday savdo nuqtalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi belgilangan”, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Qayd etilishicha, tozalash va samarali tutun chiqarish tizimlarisiz ishlash aholi salomatligiga xavf tug‘diradi, shahar ekologik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Tadbirkorlik subektlariga qisqa muddatda faoliyatni qonuniylashtirish, sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish, filtrlar va samarali tutun chiqarish tizimlarini o‘rnatish, shuningdek, texnologik jarayonlarni ekologik me’yorlarga moslashtirish tavsiya etilmoqda.

Reydlar davom etayotgani, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring