Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Farmoni: Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi

Prezident Farmoni: Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018-yil 21-23-avgust kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Farmonda 2017-yil 28-dekabrdagi Farmonida nazarda tutilgan 2018-yil 24-avgust kundagi dam olish kuni 22-avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirishga oid mazkur Farmonda shuningdek 25-avgust shanbadagi dam olish kunini 23-avgust payshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, 2018 yil 21–23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22-avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring