Prezident kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror chiqardi
“Og‘ir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 09.02.2026 y.) qabul qilindi.
“Og‘ir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300–500 kVt soat quvvatdagi kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish hamda mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 110 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 1 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi kiritilishi belgilandi:
- kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;
- kichik quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish hamda boshqarish;
- kichik quyosh elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter