Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi

Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi

Foto: Prezident maktablari

Bugunga qadar Prezident maktablariga qabul uchun umumiy kelib tushgan arizalar soni 24 511 ta bo‘lib, shulardan 7 837 tasi onlayn, 16 374 tasi esa markazlar orqali kelib tushgan. Bu haqda maktablarning ramiy kanali xabar berdi. 

Unga ko‘ra, 481 ta ariza talablarga to‘g‘ri kelmagani uchun rad etilgan. Yana 797 ta arizada kamchiliklar aniqlangani tufayli ushbu arizalarni tahrirlash uchun ruxsat berilgan va bu haqda SMS-xabarnomalar yuborilgan.

Eslatib o‘tish kerak, 21-iyun kuni soat 12:00 da onlayn qabul tizimi yopiladi. Ko‘rsatilgan muddatgacha onlayn tahrirlab yuborilmagan arizalar avtomatik tarzda rad etiladi va bunga arizachining mas’uliyatsizligi sabab bo‘ladi.

«Hurmatli onlayn ariza topshiruvchilar! Agar arizangizdagi kamchiliklar bartaraf etilishi bo‘yicha SMS kelgan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida tahrirlab yuboring yoki qabul markazlariga tashrif buyurgan holda murojaat qilsangiz, sizga operatorlar tegishli texnik yordam ko‘rsatishadi» deya ta’kidlanadi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring