Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident «Vatandoshlar» fondini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

Prezident «Vatandoshlar» fondini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

Asosiy maqsad – dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida istiqomat qilayotgan 10 milliondan ortiq vatandoshlar, ular tomonidan tashkil etilgan 170 dan ortiq madaniy markazlarni qo‘llab-quvvatlash.

Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • xorijda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • xalqaro huquq normalariga amal qilgan holda, xorijdagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish;
  • xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
  • yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini
  • keng targ‘ib qilish va ommalashtirish;
  • vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
  • xorijdagi vatandoshlarning chet eldagi ilmiy va ijodiy, O‘zbekistondagi tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, madaniy-ma’rifiy faoliyatiga ko‘maklashish;
  • xorijiy davlatlar bilan migratsiya va ta’lim sohasida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish va boshqalar.

Fond faoliyatini moliyalashtirish davlat subsidiyasi va davlat ijtimoiy buyurtmalari, muassislar ajratadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, grantlar va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Fond o‘z faoliyatini boshlashi uchun 5 milliard so‘m ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring