Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Ashxobodga boradi

Prezident Ashxobodga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, «yashil» iqtisodiyotni ilgari surish va innovatsiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Turkmanistonga tashrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan.

Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. Mamlakatimiz IHTga 1992 yilda qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-5 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring