Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentga xat yozgan bolaning oilasiga uy sovg‘a qilindi

Prezidentga xat yozgan bolaning oilasiga uy sovg‘a qilindi

Foto: Facebook / Xudobergan Azizov

Xabarning audio talqini

Davlat rahbari unga ochiq xat yozib, oilasini uy-joy bilan ta’minlashni so‘ragan 14 yoshli o‘smirga uy sovg‘a qildi. Xatida u onasi bilan ijara uyda yashashga, doimiy ko‘chib yurishga majbur ekanini yozgan. Bugun Xudoybergan Azizovning «Facebook»dagi sahifasida xat prezidentga yetib borgani va u oilaga uy hadya qilgani haqida post paydo bo‘ldi.

«Dunyo mo‘jizalar va qahramonlarni yaxshi ko‘radi. Bu haqda Bernard Shou aytgan edi, mening hayotimda haqiqiy mo‘jiza sodir bo‘ldi va Prezident Shavkat Mirziyoyev mening qahramonimga aylandi.

To‘g‘ri aytishar ekan, agar nimanidir juda qattiq istasang, bu albatta sodir bo‘ladi deb. Men onamga yordam berishni juda ham xohlagan edim, unga uy olib berishni istardim. Onamning yuzida anchadan beri kulgini ko‘rmagan edim va bu meni juda xafa qilardi», — deb yozadi u sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida yashovchi Xudoybergan Azizov Prezidentga xat yozib, uy berishni so‘ragan edi.

Izohlar 6

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring