Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin koronavirusga qarshi vaksina qiziga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi

Putin koronavirusga qarshi vaksina qiziga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qizlaridan biri koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi. Buni u hukumat yig‘ilishida COVID-19 ga qarshi birinchi Rossiya vaksinasi davlat ro‘yxatiga olinganini e’lon qilgandan so‘ng so‘zlab berdi.

«Qizlarimdan biri emlandi. U ham tajribada qatnashdi. Birinchi emlashdan so‘ng uning harorati 38, keyingi kuni 37 dan sal yuqori bo‘ldi, xolos», — dedi Putin.

«Ikkinchi emlashda olgan ukoldan keyin ham harorati sal ko‘tarildi, keyin yana tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti, ko‘rsatkichlari ham yuqori», — qo‘shib qo‘ydi prezident.

Uning ta’kidlashicha, «ko‘pgina odamlarda emlashdan keyin harorati ham ko‘tarilmagan, boshqa tashqi belgilar ham kuzatilmagan». «Umuman olganda, hech nima bo‘lmaganday o‘tyapti», — deya xulosa qildi Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring