Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Shavkat Mirziyoyev taklifini qabul qildi

Putin Shavkat Mirziyoyev taklifini qabul qildi

Foto: «Sputnik»

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda davlatimiz rahbari rossiyalik hamkasbini O‘zbekistonga taklif etdi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish masalalari, shuningdek mintaqaviy va xalqaro siyosatning qator dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi.

Rossiya Prezidenti samimiy qutlov va tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring