Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Tramp sammiti muvaffaqiyatsizlikka uchrasa nima bo‘ladi?

Putin va Tramp sammiti muvaffaqiyatsizlikka uchrasa nima bo‘ladi?

AQSh prezidenti Donald Tramp agar birinchi uchrashuv yaxshi o‘tsa, Putin va Zelenskiy ishtirokida sammit o‘tkazishini aytdi

"Agar birinchi uchrashuv yaxshi o‘tsa, ikkinchi uchrashuvni tezda o‘tkazamiz. Men uni deyarli darhol o‘tkazishni xohlayman. Prezident Putin va prezident Zelenskiy va men o‘rtasida tezda ikkinchi uchrashuv o‘tkazamiz, agar ular meni u yerda bo‘lishini xohlasalar", - dedi Donald Tramp matbuot anjumanida. 

Biroq Tramp Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvi davomida kerakli natijalarni ololmasa, ikkinchi uchrashuv o‘tkazilmaydi. Rossiyani esa jiddiy oqibatlar kutadi, dedi prezident. 

 Avvalroq CBS telekanali manbalarga tayanib, Qo‘shma Shtatlar uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish joyini qidirayotgani haqida xabar bergan. 

Tramp yaqinda Yevropa yetakchilari va Zelenskiy ishtirokidagi videokonferensiyaga ham izoh berdi. U suhbat haqida yaxshi gapirdi va unga 10 baho berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring