Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada besh qavatli bino avtobus ustiga qulab tushdi (video)

Janubiy Koreyada besh qavatli bino avtobus ustiga qulab tushdi (video)

Kadr iz video

Mamlakat janubida Kvanju shahrida besh qavatli bino yo‘lovchilar avtobusi ustiga qulashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda bbc.com.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda bino avtobus ustiga qulab tushganini ko‘rish mumkin.

Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda 17 kishi bo‘lgan.

Ayni paytda o‘t o‘chiruvchilar vayronalar ostida boshqa tirik qolganlarni topishga harakat qilib, fojia sodir bo‘lgan joyda qutqaruv ishlarini olib borishmoqda. Binoning qulashi sabablari haqida hali xabar berilmagan.

O‘t o‘chirish xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, binodagi barcha ishchilar oldindan evakuatsiya qilingan.

Ta’kidlash joizki, 1995-yilda Janubiy Koreyada tinchlik davridagi eng katta fojialardan biri sodir bo‘lgan. Seuldagi besh qavatli «Sampun» savdo markazining qulashi natijasida 500 dan ortiq odam halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring