Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida ikki kishi mashina ichida yonib, halok bo‘ldi

«Qamchiq» dovonida ikki kishi mashina ichida yonib, halok bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

Bugun «Qamchiq» dovonida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yonib ketgan yuk mashinasini tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Afsuski, ushbu hodisa natijasida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring