Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qarg‘aydigan ️GAI xodimi» yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

«Qarg‘aydigan ️GAI xodimi» yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

2021-yil 8-fevral kuni ijtimoiy tarmoqda «Sirdaryoda qarg‘aydigan GAI xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, video lavhada Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi I.Yakubov haydovchi bilan o‘zaro muloqot vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablaridan chetga chiqqanligi holati aks etgan.

Mazkur video lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring