Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarga borgan «Nasaf» qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi

Qatarga borgan «Nasaf» qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi

Bugun, 13-mart kuni O‘zbekistonning «Nasaf» jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasida to‘rtinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi.

Vakillarimiz Qatarda «As-Sadd» jamoasi mehmoni bo‘lishdi. Afsuski, o‘yin «Nasaf» uchun juda omadsiz kechdi. Raqibning to‘rtta goliga «ajdarlar» birorta ham javob qaytara olmadilar.

Osiyo chempionlar ligasi

4-tur. Doha. «Jassim Bin Hamad»

«As-Sadd» (Qatar) - «Nasaf» (O‘zbekiston) 4:0

Bosh hakam: Axmad Al-Kaff (Ummon)

Gollar: Xavi 3, - 1:0. Abdulkarim Hasan 15, - 2:0. Bag‘dod Bunija 43, - 3:0. Jugurta Hamrun 70, - 4:0.

«As-Sadd»: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al-Haydos, 60), 11.Bag‘dod Bunija, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Ahmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).

«Nasaf»: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobur Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliyev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (20.Islom Kenjaboyev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov 45.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring