Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018-yil 17-apreldagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama uchun qo‘yildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar quyidagicha:
1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi) quyidagi tahrirda bayon etilishi lozim:
-O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi
-O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
-Viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari
-Tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari
-Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi
-Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi
-«O‘zzoovetta’minotxizmat» davlat unitar korxonasi
-«Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi
-«Ma’muriy-xo‘jalik xizmati» davlat unitar korxonasi
-Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi
-Kasb-hunar kollejlari
-Agroinnovatsiya» davlat unitar korxonasi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter