Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston parlamenti spikeri ham iste’fo berdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri ham iste’fo berdi

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu lavozimidan ixtiyoriy ravishda ketishini ma’lum qildi.

Ushbu bayonot 12-fevral kuni parlament majlisida yangradi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Turgunbek uulu 2022-yilda spiker lavozimiga tayinlangan.

«Men hech qachon bir yoki ikki shaxs manfaati uchun ishlagan emasman, doimo mamlakat va qirg‘iz xalqi manfaatlarini ko‘zlaganman. Shu vaqt davomida mamlakatda muhim va zarur qarorlar qabul qilinishiga o‘z hissamni qo‘shdim. Men hech qayerga ketmayapman, deputat sifatida faoliyatimni davom ettiraman. Siyosiy barqarorlikni saqlash uchun intrigalarsiz ishlashni o‘rganishimiz kerak», – dedi u. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir kun oldin Turkiyadan qaytgan va tashrif juda samarali o‘tgan.

Nurlanbek Turgunbek uuluning ehtimoliy iste’fosi haqidagi taxminlar 10 fevral kuni, sobiq vitse-premer va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilganidan so‘ng paydo bo‘lgan edi. Biroq parlament matbuot xizmati o‘shanda bu ma’lumotlarni rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring