Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qirol sher» rejissyori o‘zbekcha multfilmni suratga olishi mumkin

«Qirol sher» rejissyori o‘zbekcha multfilmni suratga olishi mumkin

Foto: Boomstick Comics

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari Jahongir Ahmedov o‘tgan yilning noyabrida mashhur «Qirol sher» («Lion King») multfilmi rejissyorlaridan biri Rob Minkoff bilan uchrashgan edi.

Xalqaro standartlar asosida milliy qahramonlarimiz, tariximiz va qadriyatlarimizga asoslangan to‘liq metrajli animatsion filmni suratga olish uchrashuvda muhokama qilingan.

BKRM matbuot xizmati xabar berishicha, Rob Minkoff ayni damda mazkur loyiha bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirishishga tayyorligini bildirgan.

O‘zbek animatsiyasiga yangi tajriba va xalqaro yondashuvlar suv va havodek zarur: ajabmaski, Minkoff milliy qahramonlarimizni yangicha rakursda taqdim eta olsa.

Ma’lumot uchun: 1994-yilda Rojer Allers va Rob Minkoff taqdim etgan «Qirol sher» multfilmi jahon prokatida 770 mln dollardan ko‘p daromad keltirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring