Qishki Olimpiada: Daniil Yeybog O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi
Bugun Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.
Italiya sport arxitekturasining eng mashhur namunalaridan biri — «San-Siro» stadioni mezbonlik qiladigan tadbir Toshkent vaqti bilan 7-fevralga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari 2026-yil 6–22 fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonlik sportchilar yilning eng nufuzli musobaqasiga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan:
- Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish — figurli uchishda (juftlik yo‘nalishida);
- Medet Nazarov — tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida;
- Daniil Yeybog — short-trekning, 500 metr masofaga yugurish.
Biroq tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat oldi va Olimpiadagacha to‘liq sog‘ayib ulgurmadi. Shu sababli, sportchilarimiz faqat tog‘ chang‘isi va short-trek yo‘nalishlarida ishtirok etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter