Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishning qaynoq transfer mish-mishlari

Qishning qaynoq transfer mish-mishlari

Muhammad Saloh

Foto: «Championat.com»

«Championat.com» qishda kutilayotgan transfer mish-mishlarini e’lon qildi. Ularning ba’zilari haqiqatga yaqin, ba’zilari navbatdagi piarga o‘xshaydi...

 Neymar («PSJ» → «Real»)

Ba’zida Neymarning o‘zidan ko‘ra, uning otasi futbolchi haqidagi mish-mishlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolmoqda. O‘tgan haftada uning Ispaniyaga borib, «Real» rahbariyati bilan uchrashgani haqidagi xabarlar chiqdi. Aftidan, braziliyalik hujumchi Parijda o‘zini unchalik yaxshi his qilmayapti. Qizig‘i, Chempionlar ligasining nimchorak finalida «PSJ» aynan «Real»ga qarshi o‘ynaydi.

Muhammad Saloh («Liverpul» → «Real»)

«Real»ning yana bir yangi o‘yinchisi «Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh bo‘lishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshgudek bo‘lsa, Saloh «Liverpul» menejmentining «Luis Suares ishi»dan keyingi navbatdagi yutug‘i bo‘ladi.

Emre Jan («Liverpul» → «Yuventus»)

Saloh Liverpulda ekan, Emre Jan o‘z holatidan rozi bo‘lmaydi. Germaniyalik yarim himoyachi unga «Yuventus»dek jamoaning qiziqayotganini bilgach, mersisaydliklar bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Yarim yildan keyin u erkin agent maqomini oladi va ba’zi mish-mishlarga qaraganda allaqachon turinliklar bilan besh yillik shartnoma imzolab bo‘lgan.

Virjil van Deyk («Sautgempton» → «Manchester Siti»)

Pep Gvardiolaga rekordlar kamlik qilyapti chog‘i. U jamoasini qishda yanada kuchaytirish maqsadida. Kataloniyalik murabbiy «Manchester Siti»ga kamida yana bitta markaziy himoyachi kerak degan fikrda. Nomzodlar ikkita – «Real Sosedad» himoyachisi Inigo Martines  va «Sautgempton»dan Virjil van Deyk. Birinchisi arzonroq bo‘lsa-da, Angliyaga moslashish bilan bog‘liq muammosi bor. Ikkinchisi uchun esa shayxlar «Liverpul» bilan raqobatga kirishishlari lozim.

Mxitaryanning «MYu»ni tark etishi deyarli aniq 
Foto: «UA-Football»l

Genrix Mxitaryan («Manchester Yunayted» → «Inter»)

Joze Mourino o‘ziga yoqmay qolgan futbolchini istalgan vaqtda jamoasidan haydashi mumkin.  Masalan, «Chelsi»da Xuan Mata bilan shunday holat yuz bergan bo‘lsa, «MYu»da bu holat armanistonlik futbolchining chekiga tushdi. Matbuot anjumanlardan birida portugaliyalik murabbiy Mxitaryanni yaxshigina mablag‘ evaziga sotib yuborishi mumkinligini yashirib o‘tirmadi. Omaviy axborot vositalarida futbolchi uchun eng yaxshi variant – Spallettining «Inter»i yoki o‘zi uchun begona bo‘lmagan «Borussiya» ekanligi aytilmoqda.

Aleks Sandro («Yuventus» → «Manchester Yunayted»)

«MYu»dan ketadiganlar ro‘yxatining 2-pog‘onasida anchadan  buyon jarohatidan qutula olmayotgan Lyuk Shoudir. Uning o‘rniga Mourino «Yuventus»dan Aleks Sandroni sotib olish niyatida. Braziliyalik Turin klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Ehtimol u Italiyani chempion sifatida tark etishni xohlayotgandir. «Manchester Yunayted» himoyachi uchun 60 million funt to‘lashga tayyor.

Antuan Grizman («Atletiko» → «Barselona»)

Oxirgi haftada Ispaniyada yana «Atletiko» yetakchisining «Barsa»ga o‘tishi haqidagi xabarlar urchidi. Gap shundaki, yaqinda kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu Grizmanning oilasi bilan uchrashgan. Darvoqe, futbolchining ishi bilan uning singlisi shug‘ullanmoqda. Bunga javoban, «Atletiko» menejerlari shikoyat qilishga ham ulgurishdi. «Barsa» ham barchasini inkor etib kelmoqda.

Xaver Maskerano («Barselona» → «Xebey Chayna Forchun»)

Argentinlik himoyachi «Barselona»dek jamoada qolgisi kelmayapti. Maskerano kataloniyaliklarning barcha takliflarini rad etib, hayotida jiddiy o‘zgarish qilish niyatida. Yaxshiyamki, uning baxtiga Xitoy chempionati bor. Osiyoliklar himoyachiga hozirgisidan uch baravar ko‘proq maosh taklif qilishmoqda. «Xebey Chayna Forchun» klubi bilan yaqin orada tuzilajak shartnoma orqali kataloniyaliklar 6 dan 10 million yevrogacha mablag‘ga ega bo‘lishlari mumkin.

Ahmad Muso («Lester» → «Stok Siti»)

«Lester»ning zaxira futbolchilari orasida o‘tiraverish nigeriyalik futbolchining joniga tegdi. Shuning uchun ham transfer mana shu qishning o‘zidayoq amalga oshishi mumkin. Muso o‘zining sobiq jamoasi SSKAga kelishi dargumon, ammo APLda jon saqlashga urinayotgan «Stok Siti»ga ijara asosida o‘tishiga ishonsa bo‘ladi.

Aleksandr Zinchenko («Manchester Siti» → «Napoli»)

Rossiya Premer-ligasining yana bir sobiq futbolchisi boshqa bir Angliya klubi zaxira o‘rindig‘ida umrini o‘tkazmoqda. Biroq Zinchenkoning «Manchester Siti»dagi sheriklari Musoning «Lester»dagi raqobatchilaridan ancha jiddiyroq. Italiyada ukrainalik yarim himoyachi bilan «Napoli» qiziqayotgani gapirilmoqda. Bo‘lajak transferga birgina Gvardiola qarshilik qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring