Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qosim-Jo‘mart Tokayev qasamyod qildi

Qosim-Jo‘mart Tokayev qasamyod qildi

Foto:«Zakon.kz»

Qozog‘istondagi saylovlarda ko‘pchilik ovoz bilan yutgan Qosim-Jo‘mart Tokayev prezident sifatida qasamyod qabul qildi, deya yozmoqda «Nur.kz».

«Mening vazifam — jamiyat birligini ta’minlash. Har doim va har joyda Qozog‘iston manfaatlari uchun harakat qilaman», — dedi qasamyod qilayotgan Tokayev.

Tokayev saylovlarda 6 million 504 ming ovoz oldi. E’tiborga molik jihati muxolif sanalgan Amirjan Kasanov ham bir yarim milliondan ziyod ovoz olib, ikkinchi pog‘onani egalladi.

Qozog‘istonning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari  to‘lqinlar ham kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni Nursulton Nazarboyev vakolatlarini topshirgach, Tokayev uning o‘rnini egallagan va 9 iyun kuni navbatdan tashqari saylovlarni belgilagan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring