Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston maynerlar uchun qulay mamlakatga aylandi

Qozog‘iston maynerlar uchun qulay mamlakatga aylandi

Kembridj universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston bitkoinlarni «qazib olish» bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Bunga asosiy sabab Xitoyda maynerlarga cheklovlar o‘rnatildi.

2019 yil sentyabr oyidan 2021 yil aprel oyiga qadar Xitoyga bitkoinlarni topish 75 foizdan 46 foizga tushib ketgan.

Xitoy Milliy bankining 18 maydagi topshirig‘iga asosan mamlakatning moliya tashkilotlariga kriptovalyuta bilan shug‘ullanish taqiqlab qo‘yildi. Bunday tashqari beshta provinsiyaning yirik mayning markazlari faoliyati to‘xtatildi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda mayning bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar bor. Qozog‘istonning ko‘mir va gaz stansiyalari 22 GVt gacha elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir.

Tadqiqot reytingida Xitoy va AQSh peshqadam. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Rossiya va Eron egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring