Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Qirg‘izistonning ayblovini tan olmadi

Qozog‘iston Qirg‘izistonning ayblovini tan olmadi

Foto: «Rg.ru»

Qozog‘istonning Qirg‘izistondan importni cheklash bo‘yicha xatti-harakatlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bitimlarini buzmaydi, balki tovarlar hujjatlariga mos bo‘lishiga qaratilgan. Bu haqda Qozog‘iston moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v.b. Kuat Rahimov ta’kidladi, deb yozmoqda «REGNUM».

Rahimov: «Kelishuvlarni buzayotganimiz haqidagi da’voga qo‘shilmayman. Aksincha, kimlardir o‘z vazifasini bajarmayapti degan xavotirlarimiz bor».

Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘izistondan tovarlarni import qilishda soliq to‘lash bo‘yicha muammolar yuzaga kelyapti. Masalan, ayrim mollar Rossiyaga tranzit qilinyapti deb ko‘rsatilsada, aslida Qozog‘iston qolmoqda.

Bugun, 5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev chegarada og‘ir yuk tashuvchi transport vositalari ko‘p vaqt ushlab qolinayotganidan noroziligini bildirib, Qozog‘iston hukumatidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi kelishuvlarni bajarishni talab qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring