Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qumqo‘rg‘ondagi suv omboridan maktab o‘quvchisining jasadi topildi

Qumqo‘rg‘ondagi suv omboridan maktab o‘quvchisining jasadi topildi

Foto: Illyustrativ foto

Shu yilning 17-dekabr kuni kechga yaqin Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani Xo‘jamulki mahallasi hududidagi «Janubiy-Surxon» suv ombori qirg‘og‘idan voyaga yetmagan shaxs jasadi topildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida  marhum shu mahallada  yashovchi O‘.B. (2006-y.t., o‘quvchi)  ekani aniqlandi. Shuningdek, uning umriga tanishi — voyaga yetmagan Sh.A. (2006-y.t., o‘quvchi) zomin bo‘lgani ham fosh etildi.

Holat  bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi (Qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘z navbatida  Sh.A. tegishli tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring