Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbonlarning 3 nafari bir qishloqdan ekani ma’lum bo‘ldi

Qurbonlarning 3 nafari bir qishloqdan ekani ma’lum bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida vujudga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan yangi ma’lumot berildi.

FVV matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

  1. 1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;
  2. 1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;
  3. 1999 yilda tug‘ilgan,  Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;
  4. 1986 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;
  5. 1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li;
  6. 1981 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovichdir.

Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga barcha zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

«Xabar.uz» tahririyati jamoasi hodisa oqibatida qurbon bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring