Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rafael Nadal Malorkadagi qutqaruv ishlarida (foto)

Rafael Nadal Malorkadagi qutqaruv ishlarida (foto)

Foto: «Instagram»

O‘tgan haftada, 10-oktyabr kechasi ro‘y bergan suv toshqini Malorkaga katta zarar yetkazdi. San-Lorenso-des-Kardassardagi aksariyat tumanlar suv ostida qoldi, 10 kishi halok bo‘ldi, qariyb 200 kishi uylarini tark etdi.

Sayyoramizning eng kuchli tennischilaridan biri Rafael Nadal shu orolda tug‘ilib, voyaga yetgan. U tizzasidan olgan jarohatini tiklash bilan band edi.

Tabiiy ofatdan so‘ng esa... U o‘ziga qarashli tennis akademiyasining mashg‘ulotlar majmuasidan boshpana sifatida foydalanib turishni taklif etdi va qo‘liga belkurak olib ko‘chalarni loyqadan tozalayotgan ishchilarga yordamga shoshdi. Chempion qilayotgan ishlarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi, internetda paydo bo‘lgan suratlarni esa o‘tkinchilar olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring