Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Avgust oyidan «GM Uzbekistan» avtomobillari narxi oshadi

Rasman! Avgust oyidan «GM Uzbekistan» avtomobillari narxi oshadi

Foto: «Xalq so‘zi»

Xalqaro press-klubda «O‘zavtosanoat: muammolarning tahlili va rivojlanishning yangi strategiyasini belgilash» mavzusida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Ushbu yig‘ilishda «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 1 avgustdan O‘zbekistonda «GM Uzbekistan» mashinalari narxi oshini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, avtomobillar narxi o‘rtacha 14 foizga oshiriladi. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etayotgan «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Tashkilot narxlarning oshishiga quyidagi sabablarni ko‘rsatgan:

  • devalvatsiya jarayoni;
  • chet elda avtomobillarning kam miqdorda sotilishi;
  • imtiyoz va preferetsiyalar, ya’ni davlat tomonidan avtomobil sotib olishga imtiyozlar ko‘pligi;
  • intellektual mulk yukligi.

Avvalroq «GM Uzbekistan» mashinalarining narxi 10-12 foizga oshishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring