Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Georgiy Gaxariya — Gruziyaning yangi bosh vaziri

Georgiy Gaxariya — Gruziyaning yangi bosh vaziri

Foto: ONT

Gruziya bugundan yangi bosh vazirli bo‘ldi — tegishli farmon bugun, 9-sentyabr kuni prezident Salome Zurabishvili tomonidan imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi bosh vazir Mamuka Baxtadze sentyabr oyi boshida iste’fo bergandi. Bo‘shab qolgan joyga «Gruzin orzusi — demokratik Gruziya» partiyasi siyosiy kengashi Gaxariya nomzodini ilgari surdi. Gaxariya parlament tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, yangi hukumat shakllantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring