Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! «Huawei» hayratomuz smartfonini taqdim qildi

Rasman! «Huawei» hayratomuz smartfonini taqdim qildi

Huawei P20 Pro.

Foto: «Terabayt»

Ko‘zimiz o‘rgangan va orqasida 2 ta kamera sensori mavjud smartfonlar o‘tmishda qoldi. Xitoyning yetakchi IT-kompaniyasi bosh kamerasida 3 ta sensor mavjud jahondagi ilk smartfonni taqdim qildi, deb xabar berdi «Terabayt» nashri.

Ulardan biri 40 megapiksel aniqligidagi surat oladi va 5 karralik gibrid yaqinlashtirish texnologiyasini taklif qiladi. Hali bunday jihatga ega biror muqobil smartfon mavjud emas.

Shu bilan birga, «Huawei P20 Pro»ning narxi ham chakki emas — 900 yevro, ya’ni 1100 AQSh dollari! Agar nisbatan arzonrog‘i kerak bo‘lsa, ikki kamerali «Huawei P20» flagmani ham bor. Quyida yangi devayslar bilan batafsil tanishamiz.

«Huawei P20 Pro»ning jihatlari:

  • Displey: 6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli;
  • Chip: 8 yadroli, «sun’iy aql»ga ega Kirin 970;
  • Xotira: 6 GB tezkor va 128 GB doimiy;
  • Kamera: 16 Mp + 20 Mp + 40 Mp, f/1.6 + f/1.8 + f/2.4, 5 karralik yaqinlashtirish, old kamera 24 Mp, old kamerada ham portret rejimi bor;
  • Akkumulyator: 4000 mA soat;
  • Operatsion tizim: Android 8.1 Nougat’ning o‘zlashtirilgan EMUI 8.1 proshivkasi;

Kamera

  • Bosh kamerasi 3 ta moduldan iborat bo‘lgan jahonning ilk kamerasi.
  • 16 Mp sig‘imli sensor standart rejimlarda suratga oladi;
  • 20 Mp sig‘imli modul esa oq-qora suratlarni yuqori aniqlikda oladi;
  • 40 Mp sig‘imli kamera esa rangli va kattalashgan fokusdagi suratlar olishga mo‘ljallangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring