Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasmiy Berlin hozircha «normand to‘rtligi» davlatlari  tashqi ishlar vazirlari fevral oyida Myunxenda uchrashishini tasdiqlamadi

Rasmiy Berlin hozircha «normand to‘rtligi» davlatlari  tashqi ishlar vazirlari fevral oyida Myunxenda uchrashishini tasdiqlamadi

Foto: «tvc.ru»

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin «normand to‘rtligi»ning navbatdagi uchrashuvi 16-fevral kuni Myunxenda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Ammo Germaniya hukumati bu uchrashuv o‘tkazilishini hali uzil-kesil tasdiqlamagan. Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Germaniya TIV vakili Rayner Broyl ma’lumot berdi

«Men hozircha bu uchrashuvning bo‘lib o‘tish yo o‘tmasligi haqida bir nima deya olmayman», — dedi u. Shuningdek, Broyl mamlakat tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Kiyevga tashrifi chog‘ida uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida aytganini  ham ma’lum qildi.

16-fevral kuni Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi. 2016 va 2017-yilgi konferensiya vaqtida «normand to‘rtligi» davlatlari tashqi ishlar vazirlarining ham uchrashuvi tashkil etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring