Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi

Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov va uning jamoasi ikkinchi turning muhim uchrashuvlaridan biriga tayinlandi. Bu haqda FIFAning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Jahon chempionatlarining mutlaq rekordchisi Ermatov va uning jamoasi mundialning 2-turidan o‘rin olgan Argentina va Xorvatiya uchsrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abdihamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov ko‘mak beradi. Zaxira hakami — taitilik Norbert Xauata. 

Uchrashuv 21-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring