Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Razor Turbo Jetts»: XXI asrning harakatlanish vositasi

«Razor Turbo Jetts»: XXI asrning harakatlanish vositasi

Foto: «4PDa»

«Razor» kompaniyasi o‘zining «Turbo Jetts» deya nomlangan elektroroliklarini taqdim etdi. Qulay o‘lcham va unchalik og‘ir bo‘lmagan (2,3 kilogramm) oyoq kiyimni istalgan vaqtda ryukzakka solib, sayrga otlanish mumkin, deb xabar beradi «4PDa».

Mazkur rolik xuddi krossovka kabi oyoqqa kiyiladi. O‘lchamlari universal — 25 dan 46 gacha bo‘lib, 9 yoshdan katta bolalar bemalol undan foydalanishlari mumkin. Birgina cheklov — elektrorolik egasining og‘irligi 80 kilogrammdan oshmasligi kerak, aks holda uning akkumulyatori tez o‘tirib qoladi.

Rolik dvigateli harakat boshlanishi bilan avtomatik ravishda ishga tushadi. 12 voltli akkumulyator rolikning tovon qismiga o‘rnatilgan. Maksimal tezligi soatiga 16 kilometrni tashkil etadi. 80 vattli elektrodvigatelning bir martalik quvvati 30 daqiqaga yetadi.

Kompaniya xodimlarining ta’kidlashicha, yangi qurilmadan istalgan odam foydalanishi mumkin, bunda hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring