Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Real hayotdagi «supermen»: yo‘lovchini soniyaning yuzdan bir ulushida qutqargan kim? (video)

Real hayotdagi «supermen»: yo‘lovchini soniyaning yuzdan bir ulushida qutqargan kim? (video)

Kadr: «YouTube»

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan yili tasvirga olingan videolavha ommalashmoqda. Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qiz katta tezlikda kelayotgan avtomobilga to‘qnashay deganda kimdir uni soniyaning yuzdan bir ulushida muqarrar o‘limdan saqlab qoladi.

Najot farishtasi, xayolot quvvati, boshqa o‘lchamlar qudrati kabi tushunchalarga kimdir ishonadi, kimdir ishonmaydi. Tabiiyki, ishonmaydiganlar ko‘proq. Lekin mana bu videolavhani ko‘rganlarning bu boradagi fikrlari o‘zgarishi hech gap emas.

Voqea Bishkek shahrida sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar yuribdi. Kuzatuv kamerasining oq-qora tasviridan najotkor inson qiyofasidaligi ma’lum. Lekin u bu ishga qanday qilib jur’at etgani, qay tarzda ulgurgani sirligicha qoladi. Eng qizig‘i ham shu aslida.

Lekin ushbu lavhani videomontaj deya baholaganlar ham topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring