Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Parijda «PSJ»ni «tiz cho‘ktirdi»

«Real» Parijda «PSJ»ni «tiz cho‘ktirdi»

Foto:

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvi doirasida «PSJ» o‘z maydonida «Real»ni, «Liverpul» esa «Portu»ni qabul qildi.

Musobaqaning eng qiziqarli bellashuvlaridan biri sifatida e’tirof etilgan «PSJ» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi ham Madrid klubi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jamoasining chap qanotdan boshlangan hujumini boshi bilan yakunlab, hisobni ochdi.

Oradan roppa-rosa 20 daqiqa o‘tib, Parij klubi muvozanatni tenglashtirdi. Kavani jamoasiga umid baxsh etdi.

Ammo Verattening hakamga bildirgan noroziligi qimmatga tushdi. U o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni payqamagan hakamga jiddiy e’tiroz bildirdi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

Kuchsizlanib qolgan Parij klubi bosimga uzoq dosh bera olmadi va Kazemiro ikkinchi golni urib, bellashuv taqdiriga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 5:2 hisobida g‘alaba qozongan «Real» chorak finalga yo‘l oldi.

Parallel tarzda o‘tgan ikkinchi uchrashuv – «Liverpul» – «Portu» bahsida esa hisob ochilmadi. O‘tgan o‘yinda raqibi darvozasiga beshta gol urgan ingliz klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

YeChL 1/8 final, javob uchrashuvi
PSJ Fransiya – Real Madrid Ispaniya 1:2
Gollar: 0:1 – 51 Ronaldu, 1:1 – 71 Kavani, 1:2 – 80 Kazemiro.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring