Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda rekord darajada qor yog‘di: maktablar yopildi, reyslar bekor qilindi (video)

Xitoyda rekord darajada qor yog‘di: maktablar yopildi, reyslar bekor qilindi (video)

Foto: «Reuters.com»

Xitoy shimoli-sharqida kuchli qor yog‘di va bo‘ronlar kuzatildi. Bu haqda The Watchers nashri xabar berdi.

Xitoy shimoli-sharqiy provinsiyalarida sovuq havoning uchinchi to‘lqini kuzatilayotgani xabar qilinmoqda.

Xeylunszyan va Szilin provinsiyalarida qor yog‘ishining cho‘qqisi hafta boshida sodir bo‘ldi. Noqulay ob-havo tufayli Xarbin, Szilin va boshqa shaharlarda maktab va bolalar bog‘chalari vaqtincha yopildi.

Ma’lum qilinishicha, qor yog‘ishi sababli o‘nlab avtomobil yo‘llari yopilgan, reyslar bekor qilingan.

Bu davr uchun qor to‘planishi rekord darajaga yetdi. Shu tariqa, sharqdagi Szyamusi shahrida allaqachon 42 sm qor yog‘gan.

Birgina shimoli-sharqiy Lyaonin provinsiyasida rekord darajada qor bo‘roni 58 ming qishloq xo‘jaligi korxonasiga zarar yetkazdi. Bo‘ronlar o‘n minglab ekin maydonlarini payxon qildi va jami 5000 ga yaqin chorvachilik fermalarini qiyin ahvolda qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring